Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
29.07.2019 19:36,  
31

Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 28 iyul kuni Samatya Hastenesi tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi X.M. vafot etdi. Bu ayol baxtsiz hodisadan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi.

"Shu kunning o‘zida ushbu kasalxonada Istanbul shahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida pichoq yaralari bilan kasalxonaga yotqizilgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi N.Z. halok bo‘lgani ma’lum qilindi", - deyilgan TIV xabarida.

Ushbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergov ishlari boshlangan.

Bosh konsulxona ushbu holatlarni nazoratga olgan va halok bo‘lganlarning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан