Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar karantinda nima bilan band?
3.05.2020 14:54,  
311

Koronavirusga qarshi kurash doirasida Turkiya universitetlarida ta’lim onlayn tarzda olib borilmoqda. Bundan tashqari, infeksiya kengroq tarqalishining oldini olish maqsadida 20 yoshdan kichiklarning ko‘chaga chiqishi taqiqlangan, bayram kunlari hamda shanba-yakshanbada yirik shaharlarda komendantlik soati joriy etilmoqda. 

O‘zbekiston yoshlari umumajahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi va Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar jamiyati mana shunday sharoitda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlarimizning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ilmiy-ma’rifiy mavzularda vebinarlar tashkil etmoqda. Jamiyat vakili Ergash Jumayevning “Sof.uz”ga ma’lum qilishicha, vebinarlarda Turkiyada oliy ta’lim muassasalarida asosan magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ma’ruzalar o‘qib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarmoqda.

Bundan tashqari, vebinarlarga turli sohalar mutaxassislari, hatto chet eldan mehmonlar taklif etilyapti. Xususan, bugun mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da) boshlanadigan vebinarda AQShda yashab ijod qilayotgan vatandoshimiz «Amerika ovozi» jurnalisti Behzod Mamadiyev. Suhbat uchun kerak bo‘ladigan ZOOM havolasi quyidagi manzildan e’lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz suhbatga qatnashmoqchi bo‘lganlar faqatgina o‘z isim sharifi bilan qabul qilinadi.

“Talaba yoshlarimiz karantin kunlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishlari uchun har hafta onlayn  tarzda intellektual bellashuv ham o‘tkazib, g‘oliblarni taqdirlab boryapmiz”, – deydi Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar jamiyati vakili Ergash Jumayev. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан