Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poroshenko partiyasi hukumat iste’fosi uchun imzo to‘plamoqda
17.06.2020 11:15,  
143

Ukraina Radasida mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning “Yevropa birdamligi” fraksiyasi hukumatni iste’foga chiqarishi uchun imzo to‘plashni boshladi. Bu haqda "Nash" telekanali efirida fraksiya a’zosi Aleksey Goncharenko ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, fraksiya Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasini yoqtirmaydi, chunki " uning 100 kundan ortiq vaqt davomidagi faoliyatida biz iqtisodiy halokatga duch keldik va 100 kundan keyingina u o‘qisa bo‘ladigan dasturni taqdim etdi".

"Bizda karantindamiz, iqtisodiy tanazzulni boshdan kechiryapmiz va hukumat hech narsa qilmayapti", - dedi Goncharenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fraksiya a’zolari Shmigal dasturiga 100 foiz ovoz bermaydilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан