Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukrainada qurolli kishi 20 yo‘lovchili avtobusni garovga oldi (fotojamlanma)
21.07.2020 18:18,  
541

Ukrainaning Lutsk shahrida qurollangan kishi ichida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni yo‘lovchilari bilan garovga oldi. Mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga oldi va ukrain politsiyasi jinoiy ish ochdi. RBK nashri ushbu hodisaga oid fotojamlanma tayyorladi. Quyida shuni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Tetiana Hrishyna / Reuters

21 iyul kuni ertalab noma’lum erkak Volinsk viloyati Lutsk shahridagi yo‘lovchi tashuvchi avtobusni garovga oldi.

Foto: lutsk_stories / Instagram

Erkakning o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib avtobusni garovga olganini xabar qildi.

Foto: Tetiana Hrishyna / Reuters

Shaharda "Garovga olingan" operativ rejasi e’lon qilindi, shahar markazi yopildi.

Foto: lutsk_stories / Instagram

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, garovga olgan shaxsda portlovchi modda va qurol bor.

Foto: h_saltovka / Instagram

Politsiya erkak bilan muzokaralar o‘tkazishga kirishdi.

Foto: luchany.news / Instagram

Jinoyatchining muddaosi noma’lum. Volinsk viloyati politsiya boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, u avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Ukrainadagi tizimdan" noroziligi haqida yozgan.

Foto: lutsk_stories / Instagram

Avtobusdagi garovga oluvchilar va garovdagilarning aniq soni noma’lum.

Foto: lutsk_stories / Instagram

Politsiya Ukraina Jinoyat kodeksining 147 moddasi 2 qismi (garovga olish) moddasi bilan jinoiy ish ochdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан