Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Uzbekistan Airways» 15 yil ichida ilk marta xodimlarining formasini yangiladi (foto)
13.02.2020 13:39,  
500

“Uzbekistan Airways” 2020 yil 14- fevraldan boshlab uchuvchilar va bort kuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etdi. Kompaniya matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkalardan iborat bo‘lgan, ikki xil rangli yangi to‘plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bo‘lib, logotip tasviri tushirilgan. Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo‘lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo‘yin sharflari kiritilgan. Bluzkalar va bo‘yinbog‘lardagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg‘irpo‘sh- paltosi yechib olinadigan izolyasiyalangan astarga ega.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to‘plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko‘rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to‘q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.

Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi. Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning “Dress Best Uniforms” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан