Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xabarovskda to‘rtinchi hafta sobiq hokimni qo‘llab-quvvatlash uchun miting uyushtirildi
1.08.2020 11:31,  
139

Rossiyaning Xabarovsk viloyatida sobiq gubernator Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilayotgan mitinglar ketma-ket to‘rtinchi shanba kuni davom etmoqda. Shahar ma’muriyati norozilik namoyishi ishtirokchilari sonini 6,5 ming kishiga baholadi. 

Xabarovsk aholisi ketma-ket to‘rtinchi shanba kuni 2004-2005 yillarda Uzoq Sharqda ishbilarmonlarning qotilliklarini uyushtirganlikda ayblanayotgan sobiq viloyat hokimi Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlash uchun hukumat bilan kelishilmagan norozilik mitingiga chiqishdi, deb xabar beradi mahalliy dvhab.ru portali.

 

Avval namoyishchilar Lenin maydonidagi hukumat binosi oldida yig‘ilishdi, u yerdan shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurish boshlandi. Ishtirokchilar "Men, biz, Sergey Furgal!", "Furgal - bizning tanlovimiz!", "Xabarovskda halol sud!", "Birlashgan ekanmiz, biz yengilmasmiz!"va "Ozodlik!" kabi shiorlarni ko‘tarib olishdi. Bir soatdan keyin namoyishchilar yana viloyat hokimiyati binosi oldida yig‘ilishdi.

Xabarovsk viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Lenin maydoniga 3,5 mingga yaqin odam to‘plangan. "Murojaatlar faqat tashabbus guruhidan eshitiladi, odamlar asosan dam olishadi, hayot haqida gaplashishadi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, "o‘tgan shanbadagi mitinglarga qaraganda norozilarning soni bu gal kam", - deya xabar beradi dvhab.ru nashri. Norozilik namoyishi yomg‘ir boshlanganidan keyin ham davom etmoqda, deya qayd etadi portal.

Vladivostokda ham Furgalni qo‘llab-quvvatlash uchun miting bo‘lib o‘tmoqda. U yerda, bir necha o‘nlab odamlar to‘plangan, ulardan biri qo‘lga olingan.

Xabarovskda gubernator Sergey Furgalning hibsga olinishi yuzasidan noroziliklar 11 iyul kuni boshlandi. O‘shanda 12 mingdan 35 minggacha odam ko‘chaga chiqdi.

Eng katta norozilik namoyishlaridan biri 18 iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tdi. Rasmiylarga ko‘ra, mitingda 10 ming kishi ishtirok etgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari va faollar xabariga ko‘ra, Xabarovsk ko‘chalarida 50 mingga yaqin odam namoyishga chiqdi.

20 iyul kuni Prezident Vladimir Putin Furgalning ishonchni yo‘qotgani sababli gubernator lavozimidan iste’foga chiqishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Davlat Dumasi deputati Mixail Degtyarev viloyat rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. 24 iyul kuni u mitinglar paytida orqaga qaytishga qaror qilganini e’lon qildi. Bungacha Degtyarevning so‘zlariga ko‘ra, norozilik namoyishlarini uyushtirishda mintaqaga "vaziyatni o‘zgartirish" uchun kelgan chet el fuqarolari jalb qilingan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Xabarovsk hududidagi vaziyat "tinchlanmoqda".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан