Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy Honkongni maxsus huquqlardan mahrum etishga qaror qildi
28.05.2020 18:27,  
415

Bugun Butun Xitoy Xalq Kengashi (BXXK) Honkongda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishni rasman ma’qulladi. AQSh allaqachon bu harakat avtonomiya tugatilishiga olib kelishi va Honkongning global moliyaviy markaz sifatidagi mavqeiga zarba berishiga ishonishini aytib, buni javobsiz qoldirmaslikka va’da berdi.

Qonun loyihasi birinchi galda Honkong aholisini maxsus ma’muriy viloyat qonunchiligini chetlab o‘tib, jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Gap "separatizm, davlatchilikka putur yetkazadigan, terrorizm, shuningdek, xorijiy davlatlar va agentlarning aralashuvi" tarzidagi jinoyatlar haqida bormoqda. Bu rasmiy Pekinga Honkong muxolifatini erkin ta’qib qilish imkoniyatini beradi.

Bir kun oldin AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo shu tarzda "Honkongning hozirda Xitoydan yuqori darajada avtonomiyaga ega ekaniga ishonish uchun asoslar yo‘qolganini" aytgan edi.

Pompeoning bayonoti Honkongning Hang Seng indeksini 2,2 foizga tushirdi, bugun u bir foiz darajasiga tushib ketdi.

Pekin birinchi marta 2003 yilda xuddi shunday qonunni qabul qilishga urinib ko‘rgan, ammo 500 ming kishi yig‘ilgan norozilik namoyishlaridan keyin bu rejadan voz kechgan edi. Honkong rasmiylari Xitoyning bu qarorini "bir mamlakat, ikkita tizim" tamoyilining tugashi, deb hisoblaydi.

Honkongdagi norozilik namoyishlari 2019 yilning bahoridan beri to‘xtovsiz davom etyapti: o‘shanda Pekin Honkongdan jinoyatda ayblanib qidirilayotgan shaxslarni mamlakatning materik hududiga topshirishni talab etadigan qonunni qabul qilishga uringandi. 2019 yil kuzida olti oylik norozilik namoyishlaridan so‘ng, ushbu qonun loyihasi qaytarib olingan, biroq Xitoy siyosatiga qarshi namoyishlar davom etaverdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан