Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoydagi noma’lum virusni O‘zbekistonga kirishiga qarshi nimalar qilinyapti?
14.01.2020 12:09,  
738

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida koronovirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelgan. Xitoyning Uxan shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 2019 yilning dekabr oyining oxirida Xubey provinsiyasida noma’lum etiologiyali pnevmoniya kasalligi tarqalganligini ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: Xitoyda noma’lum kasallik tez suratlarda tarqalmoqda

Ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilning 11 yanvar holatiga Uxan shahrida 41 ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan. Ulardan bir nafari vafot etgan, 6 nafari sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan. Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan.

Bugungi kunda kasallikning odamdan odamga yuqishi aniqlanmagan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabariga ko‘ra, yurtimizga kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda;

- pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari bilan aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda;

MAVZUGA DOIR: Xitoyda tez suratlarda tarqalayotgan noma’lum zotiljamning sabablari ma’lum qilindi

gripp, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash-profilaktika muassasalarini tayyorgarligini ta’minlash, bemorlarni davolash uchun dori-darmonlar va dezinfeksion moddalar zaxirasi yaratildi;

- Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilar orasida gripp kasalligining og‘ir turlariga, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisi uchun namunalar olish tashkil etilmoqda;

- mutaxassislar tomonidan uchuvchilar, bort va temir yo‘l kuzatuvchilarining bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisi, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Yuqumli kasalliklarning yurtimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan barcha chora-tadbirlar qat’iy nazoratga olingan.

Avvalroq, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi tayanib, bu kasallik haqida ma’lumot bergan va Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан