Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xususiy muzeylar va galereyalar uchun soliqlar 50 foizga kamaytiriladi
22.06.2020 15:22,  
47

Avval xabar qilganimizdek, «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etiladi.

Turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish karantin davrida faqat ushbu tizimning xavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarida tashkil qilinadi. Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlarda tizim majburiy tartibda joriy etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан