Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir arab davlati Isroilni tan oldi
12.09.2020 14:58,  
724

Bahrayn Isroilni tan olgan to‘rtinchi arab davlati bo‘ldi. Bir oy oldin Birlashgan Arab Amirliklari bu ishni amalga oshirgan edi. 

Ikki davlatning diplomatik aloqa o‘rnatishda bu safar ham AQSh vositachilik qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Tvitterdagi sahifasida yozdi.

 

Isroil, Bahrayn va Qo‘shma Shtatlarning qo‘shma bayonotida ushbu kelishuv "Yaqin Sharqda tinchlikka erishish uchun tarixiy yutuq" ekanligi ta’kidlangan. Diplomatik hujjatlarni imzolash marosimi 15 sentyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Associated Press nashrining ta’kidlashicha, Falastinda Bahraynning xatti-harakatlari tanqid qilinib, bu "Quddus va falastinliklarga xiyonat" deb ataldi.

Avgust oyi o‘rtalarida, Trampning vositachiligidagi shunga o‘xshash bitim doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga rozi bo‘lgan edi.

Arab dunyosining aksariyat davlatlari hanuzgacha Isroilni tan olmagan. Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayndan oldin bu ishni 1979 va 1994 yillarda mos ravishda Misr va Iordaniya amalga oshirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан