Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosarining ko‘zbo‘yamachilikka da’vati yozib olingan audio tarqaldi
5.07.2019 18:41,  
57

Toshkent shahar Yashnobod tumani hokim o‘rinbosari va tumanning Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirining telefon orqali muloqoti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».

Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Zufarov va MTB mudiri Viloyat Akramova o‘zaro suhbatda tumandagi barcha MTM mudiralarini sobiq «Tashselmash» hududiga yig‘ilishi so‘ralyotganini eshitish mumkin.

Zufarov suhbat davomida Akramovaga barcha MTM mudirlarining bog‘chalarga bozorlik qilib kelishini so‘ragan: «Barcha bog‘cha mudirlaringizga tayinlab yetkazib qo‘ying, bozorlik qilib oshxonalarni to‘ldirib qo‘ysin. Mehmonlar (tekshiruvchilar nazarda tutilmoqda — tahr.) ketganidan keyin hammasi narsalarini uyiga olib ketaverishadi. Oshxonaning [ёғ томса] yalagudek qilib qo‘yishsin. Asosan ijtimoiy soha ob’yektlarini oshxonalariga kirishayotgan ekanda», deyiladi hokim o‘rinbosari ovozi aks etgan audioda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан