Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yil boshidan buyon 52 nafar IIV xodimi jinoyatga qo‘l urgani ma’lum qilindi
7.08.2020 17:22,  
238

Oltinchi yalpi majlis kun tartibi doirasida Ichki ishlar vazirining O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 6 oyi yakuni bo‘yicha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, sohada amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida umumiy jinoyatlarning 20 497 tasi yoki 95,2 foizi fosh etilgan. Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 1 051 nafar shaxs ushlangan va 261 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan.

O‘zbekistonda qotillik jinoyatlarining har uchinchisi oilalarda, har to‘rtinchi jinoyat esa yoshlar tomonidan sodir etilgan

Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 4 158 ta jinoyat aniqlangan. Respublikadagi jami 9 145 ta mahallaning 66,3 foizida yoki 6 061 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlar ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Senatorlar tomonidan bevosita joylarga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlarida tizimda muammo va kamchiliklar uchrayotgani aniqlandi. Xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida profilaktika inspektorining har oylik hisobotini eshitish nomigagina o‘tkazilib, ayrim hollarda esa, umuman o‘tkazilmasdan qolgan.

Aksariyat holatlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ham tegishli tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlari hisobotlarini eshitish jarayonida mazkur tuzilmalar rahbar xodimlarining ishtiroki to‘liq ta’minlanmagan.

Shu bilan birga, ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramasdan xodimlarining 3027 nafari xizmat intizomini buzish holatiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 52 nafar xodimlar esa jinoyatga qo‘l urgan.

Masalan, joriy yilda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida xodimlar tomonidan sodir etilgan qonun buzilish holatlari aholi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrning shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Senatorlar tomonidan notinch oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish hamda ularni ijtimoiy-ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash borasida idoralararo ishchi guruh tuzish, qolaversa, oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan ota-onalarning mas’uliyatini belgilash bo‘yicha amaldagi qonunchilikka o‘zgartish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqish kerakligi qayd etildi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан