Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zelenskiyning matbuot marafoni: Ukraina prezidenti kun davomida jurnalistlarning savollariga javob beradi
10.10.2019 12:45,  
101

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 10 oktyabr kuni Kiyevda ukrain va xalqaro jurnalistlar savollariga javob beradi.

Matbuot marafoni noodatiy tarzda, Kyiv Food Market oziq-ovqat bozori hududida bo‘lib o‘tadi. Marafonda qatnashish uchun 300 dan ortiq jurnalist ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular bir nechta guruhlarga ajratilgan. Har bir guruh 7-10 kishidan iborat va bir guruhdagi jurnalistlarning savollariga 20-30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Marafon aynan qancha vaqt davom etishi hozircha noma’lum, Ukraina prezidenti matbuot xizmati bu jarayon 6-13 soat atrofida bo‘lishi haqida aytgan. Taqqoslash uchun: Rossiya prezidenti Vladimir Putinning har yilgi matbuot anjumani davomiyligi kamdan-kam hollarda 4 soatga yetadi.

Zelenskiy quyidagi savollarga aniq javob berishi kutilmoqda:

– 2019 yil yozida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan va keyinchalik mojarolarga sabab bo‘lgan suhbat;

– yaqinda Rossiya qamoqxonalaridan ozod qilingan ukrain harbiylari va yana asir almashish ehtimoli bormi;

– Donbassda tinchlik o‘rnatish shart-sharoitlari;

– Zelenskiyga yaqin deb ko‘riladigan oligarx Igor Kolomoyskiy, ma’muriyat rahbari Aleksey Bogdan va boshqa amaldorlar haqidagi savollar.

Matbuot marafonini YouTube va Facebook orqali bevosita kuzatib borish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан