Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






14 yil bedarak ketgan o‘zbekistonlik yigit onasi bilan uchrashdi
28.11.2019 16:31,  
1726

Vatanini 14 yil oldin tark etgan O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qoldi. Onasi uning yo‘qolgani haqida huquq-tartibot idoralariga xabar berishdan tashqari o‘zi ham mustaqil ravishda o‘g‘lini izlay boshladi. Onaga bunday ismli erkak vafot etgani haqida xabar berishganida u bunga ishonishni istamadi va izlashda davom etdi.

Ona o‘g‘lini topish masalasida yordam so‘rab "Astarli aqiqat" (“Yashirin haqiqat”) TV dasturiga murojaat etdi. U o‘g‘li 14 yil oldin ish topish uchun mamlakatdan chiqib ketgani, ammo bir muddat o‘tganidan keyin bedarak yo‘qolgani haqida gapirib berdi.

“2005 yilda u ish izlab jo‘nab ketdi. Biz barchamiz u tez orada uyga qaytadi, deb o‘ylardik. Keyinroq undan umuman xabar kelmay qo‘ygach, akalari uni qidirib yo‘lga chiqdi. Ammo ular ukalarini topolmay qaytishdi. O‘g‘lim yaxshi yigit edi, menga uyga qaytishga va’da bergandi. Erim o‘g‘limning qaytganini ko‘rmasdan vafot etdi”, deydi ayol.

Ammo ko‘rsatuv asnosida mo‘’jiza yuz berdi. Farzandini ko‘rishdan umidini uzgan ona nihoyat o‘g‘li bilan uchrashdi. O‘g‘il nega uyga qaytmaganini tushuntirib berdi.

“Men endigina kollejga o‘qishga kirgan vaqtimda Qozog‘istonga borib ishlab kelishni taklif qilishdi. Ruxsat olish uchun otamning oldiga bordim. Uyimizdagi iqtisodiy holat unchalik yaxshi bo‘lmagani uchun ota-onamga yordam berishni xohlardim. Otam mening ketishimga ruxsat berdi. Biroq ishlab yurganimda bir kuni bor pulim va hujjatlarimni yo‘qotib qo‘ydim. Biz har xil ob’yektlarda ishlar, doim bir joydan boshqasiga ko‘chib yurar edik. Hujjatlarim yo‘qolganini bilganimda allaqachon kech bo‘lgandi. Bu ishda yonimdagi yigitlardan shubhalanmadim, chunki ular bilan anchadan beri tanishmiz”, dedi u.

Hujjatlari va pulidan ayrilgan yigit bir necha marta politsiya bo‘limiga tushgan. Shuning uchun u politsiya xodimlari yoki elchixonadan yordam so‘rashga qo‘rqqan. Shunday qilib orada 14 yil o‘tib ketgan.

Yigit tushida tez-tez otasini ko‘rib turishini, ammo uning vafot etganini bilmaganini aytdi.

“Otam tushimda oldimga kelardi. U boshdan-oyoq oq kiyim kiyib olgan bo‘lib, menga qo‘lini cho‘zardi. Men ham otamni ushlamoqchi bo‘lib qo‘l cho‘zar, ammo qo‘lim unga umuman yetmasdi. U mening ismimni aytib chaqirar, ammo oldiga bora olmay uyg‘onib ketardim”, deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан