Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga qaysi davlatlar eng ko‘p investitsiya kiritmoqda?
4.06.2020 18:48,  
625

Joriy yilning yanvar – aprel oylari mobaynida O‘zbekiston o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2,5 mlrd dollarni, shu jumladan to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 1,7 mlrd va xorijiy kreditlar - 831 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu davrda O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Rossiya, XXR, Germaniya va Janubiy Koreya yetakchilik qildi. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda elektrotexnika sanoati (2019 yilning shu davriga nisbatan o‘sish - 24 barobar), kimyo sanoati (o‘sish - 13 barobar), charm va poyabzal (o‘sish - 2,5 barobar) sohasi investorlar uchun eng jozibador bo‘lib qoldi. Neft va gaz sanoati (o‘sish – 2,3 barobar) va qurilish materiallarining ishlab chiqarilishi (o‘sish – 1,6 barobar) ham yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан