Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Komilov ShHT videokonferensiyasida ishtirok etadi
12.05.2020 13:55,  
48

2020 yil 13 may kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, ShHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladi hamda yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari bo‘yicha fikr almashadi.

Shuningdek, ShHT tomonidan Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashish masalalari ham alohida ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан