Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘onistonlik qiz ota-onasini o‘ldirgan Tolibon jangarilarini o‘qqa tutdi
22.07.2020 19:35,  
928

Afg‘onistonda 14 yoshli Kamar Gul ismli qiz Kalashnikov avtomati bilan Tolibon harakatining ikki jangarisini o‘ldirdi, bir qanchasini yaraladi. Va bu orqali Gul ota-onasini o‘ldirgan Tolibondan o‘ch oldi, deb yozmoqda "Rossiya gazetasi".

Ushbu voqea haqida France Press agentligiga intervyu bergan afg‘on politsiyachisi gapirib berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shunga o‘xshash voqea Afg‘onistonning G‘or viloyatidagi qishloqlardan birida yuz bergan. Hodisa qachon sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, jangarilar Kamar Gulning uyiga bostirib kirib, mamlakat rasmiy hukumatini qo‘llab-quvvatlagan otasini o‘ldirgan. Erini himoya qilishga uringan qizning onasi ham jangarilar qo‘lida halok bo‘lgan.

"Uyda bo‘lgan Kamar Gul uning oilasiga tegishli bo‘lgan AK-47 (Kalashnikov) avtomatini olib, avval ota-onasini o‘ldirgan jangarilarni otadi va halok qiladi, keyin esa yana bir nechtasini yarador qiladi", - dedi mahalliy politsiya boshlig‘i Habibrahmon Malikzoda.

Viloyat hokimi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, hozirda afg‘on harbiylari Gul va uning ukasini "xavfsiz joyga" olib ketishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан