Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayo Sofiyada 86 yildan so‘ng ilk juma namozi – Erdog‘an Qur’on tilovat qilmoqda (foto+video)
24.07.2020 18:07,  
983

Istanbul fath etilishining timsoli hisoblangan Ayo Sofiya yuzlab yillar davomida mavjud bo‘lgan masjid maqomini qaytarib oldi. U so‘nggi 86 yil davomida muzey maqomida bo‘lgan edi, 10 iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an imzolagan farmonga asosan muzey masjidga aylantirildi.

Bugun, 24 iyul kuni Istanbulda masjidda ilk juma namozi o‘qilmoqda.

Ertalabdan Istanbul va Turkiyaning boshqa hududlaridan kelganlar masjid maydoniga yig‘ila boshladi. Voqea Turkiyadagi o‘nlab mahalliy nashrlar va boshqa ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda. Ko‘plab musulmonlar Turkiya bayroqlarini ushlab, «Alloh buyukdir. Ayo Sofiya qayta ochildi», deya jar solishmoqda.

Masjidning ochilish marosimida Rajab Toyyib Erdog‘an va uning rafiqasi ham ishtirok etdi. Turkiya prezidenti masjid ichida Qur’oni Karimning Fotiha surasini va Baqara surasidan dastlabki 5 oyat tilovat qildi.

 

 

 

Turkiya Din ishlari boshqarmasi (Diyanet) Ayo Sofiya jome masjidida xizmat qilishi uchun uch imom va besh muazzinni ishga tayinladi.


Namozda ishtirok etishni istaganlar soni ko‘pligini hisobga olib, hukumat dindorlar uchun masjidga tutashgan 5ta maydonni maxsus tayyorlashga qaror qildi. Odamlar politsiya nazoratidan o‘tib, Sulton Ahmad maydoniga yig‘ilishmoqda. Xavfsizlikni ta’minlash uchun 17 ming politsiya xodimi safarbar etilgan.

Turkiya Diniy ishlar boshqarmasi marosim uchun maxsus ibodat dasturi ishlab chiqqan. Mashhur imomlar va qorilar Qur’ondan suralarni tilovat qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан