Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Barselona» Saudiya Arabistonida alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi​ (video)
10.01.2020 12:33,  
815

Kecha 9 yanvar kuni Saudiya Arabistonidagi "King Abdullah Sports City” stadionida Ispaniya Superkubogi ikkinchi yarim finali o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda “Barselona” Madridning “Atletiko” jamoasidan alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan Atletiko ikkinchi finalchiga aylandi.

Qiziqarli kechgan o‘yin davomida Barselona'ning ikkita goli VR tizimi xulosasiga ko‘ra hisobga olinmadi. Barselonadan gollarni Messi (51) va Grizmann (62) urgan bo‘lsa, “Atletiko” Koke (46), Morata (81, penalti) va Korreaning (86) gollari bilan javob berdi.

Shunday qilib, 12 yanvar kuni o‘tadigan final bahsida “Madrid derbisi” kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki yarim finalda “Real” “Valensiya”dan 3:1 hisobida ustun kelgan edi.

O‘sha o‘yinning 15-daqiqasida “Real” jamoasi o‘yinchisi Toni Kroos burchak to‘pini super tarzda golga aylantira olgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан