Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bill Geyts Microsoft direktorlar kengashini tark etdi
14.03.2020 12:29,  
211

Microsoft asoschisi Bill Geyts kompaniyaning direktorlar kengashidan ham ketadi. Bu haqda uning o‘zi LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

“Microsoft hamisha hayotimning muhim qismi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham men [корпорациянинг бош директори] Satya Nadella va texnik rahbariyat bilan kompaniyaning qarashlarini shakllantirish va ulkan maqsadlarga erishishda yordam berishda davom etaman”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNBC.

Kompaniya rasmiy xabarida aytilishicha, tadbirkor sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi xayriya ishlariga ko‘proq vaqt ajratmoqchi. Geyts kompaniyada Nadella va boshqa Microsoft rahbarlarining maslahatchisi sifatida ishlashni davom ettiradi.

Geyts, shuningdek, Berkshire Hathaway investitsiya fondi direktorlar kengashidan ham iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Geyts 1975 yilda do‘sti Pol Allen bilan birgalikda Microsoft’ga asos solgan. U 2008 yilga qadar kompaniya bosh direktori edi. Shu yili Geyts bu lavozimni ham xotini Melinda bilan birgalikda asos solgan xayriya jamg‘armasiga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida tark etgan edi.

Bill Geyts Microsoft’ning 1 % aksiyasiga egalik qiladi. Forbes jurnali uning boyligini $103,6 mlrdga baholagan. U sayyoraning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi raqamda qayd etilgan (Amazon asoschisi Jeff Bezosdan keyin).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан