Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bo‘yningni uzaman!» — Turkmaniston prezidentining o‘g‘li otasiga taqlid qilmoqda
28.07.2019 14:23,  
40

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov Axal viloyati hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. «Xroniki Turkmenistana» Axal viloyati hokimligidagi holat haqida ma’lumot tarqatdi, deb yozmoqda Xabar nashri.

Viloyat markazi Ashxoboddan 8 kilometr uzoqlikdagi Annau shahrida joylashgan. Sardor Berdimuhamedov har kuni ishga oynalari qoraytirilgan avtomobilda, ko‘plab qo‘riqchilari hamroxligida keladi. Bu holat huddi prezidentning kortejiga taqlid qilishga o‘xshaydi.

Viloyat hokimligi ma’muriyatida ishlaydigan shaxs tomonidan xabar qilinishicha, Berdimuhamedov hokimlik binosiga kirayotganda yoki chiqayotganda xodimlarning har biri o‘z xonasida o‘tirishi shart. Uning yo‘lidan hech kim chiqib qolmasligi kerak. Hokimning xonasi oldida esa qo‘riqchilar turadi. Avvalgi hokim davrida bunday an’ana yo‘q edi.

– Endi faqat bir necha xodimlar hokim xonasiga kirish huquqiga ega. Boshqalar esa o‘z xonasidan chiqmasligi shart. Hatto o‘ta zarur holatda yo‘lakka chiqqan taqdirda ham mutlaqo shovqin ko‘tarmasligi kerak. Shuningdek mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan. Hokimlik ma’muriyatining asosiy ishi – turli tantanali tadbirlar uyushtirishdan iborat. Sardor Berdimuhamedovning eng yoqtirgan gapi esa: «Bo‘yningni uzaman!», degan dag‘dag‘a, – deya axborot beradi hokimlikdagi manba.

Annau shahri fuqarolaridan biri hokim qabuliga kirishga urinib ko‘rdi, ammo unga shaxsiy masala bo‘yicha na hokim va na o‘rinbosari qabul qilishini tushuntirib qo‘yishgan. Hozirda viloyat ahli Sardor Berdimuhamedov bu lavozimda uzoq vaqt qolmasligiga ishonmoqda. U nari borsa yana 6 oy ishlashi va boshqa lavozimga o‘tib ketishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан