Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DSQ xodimlarining koronavirusga topshirgan test natijalari e’lon qilindi
25.05.2020 12:57,  
1290

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Shundan so‘ng, DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirayotgani aytilgan.

2020 yil 23 may kuni Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19 ga test tahlillari olindi.

DSQ Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, test tahlili natijalariga ko‘ra, tashkilotda bironta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmagan.

“Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi. E’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiramiz“, deyiladi qo‘mita xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан