Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining yana bir generali o‘ldirildi
7.03.2020 16:32,  
2689

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori martabali a’zosi Farhod Dabirian juma kuni Suriyada o‘ldirilgan. Bu haqda mahalliy Fars agentligiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Nashr o‘z xabarida o‘lim tafsilotlariga batafsil to‘xtalmagan.

Fars agentligiga ko‘ra, Dabirian Damashq (Suriya) janubidagi shialarning muqaddas ziyoratgohi “Sayida Zaynab maqbarasi” qo‘riqchisi hamda Muhofizlar korpusining Palmira (Suriya markazidagi qadimiy shahar)dagi kuchlari rahbari bo‘lgan.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi hamda ular qo‘llab-quvvatlaydigan Pokiston, Afg‘oniston, Livandagi proksi guruhlar to‘qqiz yildan beri davom etib kelayotgan fuqarolik urushida amaldagi prezident Bashar Asad rejimiga qarshi kurashadi.

Reuters xabariga ko‘ra, Muhofizlar korpusi qo‘mondoni “Sayida Zaynab maqbarasi” hududida o‘ldirilgan.

Joriy yilning 3 yanvar kuni AQSh harbiy havo kuchlarining Bag‘dod (Iroq) aeroportiga dronlar yordamida qilgan hujumi natijasida Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy yo‘q qilinishi  ortidan Yaqin Sharqda yangi ziddiyatlar vujudga kelgan edi.

Mavzuga doir: Erdo‘g‘an va Putin Suriya bo‘yicha bir to‘xtamga keldi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан