Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yomon sanitariya va suvaraklar? Xitoydan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonlik talabalar karantini haqida
10.02.2020 11:24,  
1779

Kuni kecha troll.uz kanalining Pekindan Toshkentga olib kelingan o‘zbekistonlik talabalarni izolyasiya qilgan Bo‘ston sanatoriyasidagi yomon sharoit, talabalarga qilingan qo‘pol muomala va boshqa negativ fikrlarini butun mamlakat o‘qidi. Darvoqe butun mamlakatning o‘zi o‘qimadi, uni chet elda ham o‘qishdi. Yuqoridagi sarlavhani men qo‘ymadim. Bu Xitoy OAV larida xitoy tilida chiqqan maqolaning sarlavhasi edi. Xitoylarga gap yo‘qligida juda gap topildi-da.

O‘zi avval boshdan Xitoy Uxandan fuqarolarini evakuatsiya qilayotgan davlatlarga o‘zining noroziligini bildirib kelayotgan edi. Turli davlatning o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilinishi Xitoyga bildirilgan ishonchsizlik sifatida qabul qilishayotgan, "biz o‘z fuqarolarimizni va chet ellik fuqarolarni birdek himoya qila olamiz" deb turgan Xitoyning iddaolariga bildirilgan ishonchsizlikdek kasb etayotgan edi go‘yo. Orada Pokiston biz Xitoyga ishonamiz va Uxandan fuqarolarimizni evakuatsiya qilmaymiz, degan bayonotidan keyin xitoyliklar ichida Pokiston adresga yo‘llanayotgan maqtovlar to‘xtamadi. Deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda Pokistonning qarorini maqtab, ular Xitoyga ishonch bildirdi, deb fikrlar bildirilayotgan edi.

O‘zbekiston ham avval boshda olib kelmaymiz, deb turib, qarasa, gap-so‘zga qoladiganga o‘xshab qolgandan keyin fuqarolarini evakuatsiya qildi. Ortidan troll.uz ning mana bunaqa posti chiqdi. Ana berdi xudo! Maqolada troll.uz posti tarjima qilinib, biroz tahlil qilingan. Maqolada "ahvollaringiz shu ekan, nima qilar edingiz, yaxshi joyda turgan talabalarni evakuatsiya qilib" degan mujda manaman deb bosh chiqarib turibdi.

Bundan avval Bo‘stondagi insayder bilan gaplashganim, u sihatgohdagi sharoitlar yaxshiligi borasida aytgani haqida yozgandim. Xabarchi ichkarida turib, sharoit va holatni juda yaxshi, deb maqtagan edi. Shu bois troll.uzning bunday yozgani to‘g‘risi menga yoqmadi. Kecha mana OAV larida sihatgohdagi sharoit haqida fotolavha chop qilindi, ko‘rgan bo‘lsangiz, ahvol yomon emas. Shunchaki ba’zi "oqsuyaklar" karantin deganda 5 yulduzlik mehmonxona sharoitini tasavvur qilishi ma’lum bo‘ldi xolos. Eng yomoni xitoyliklarga kulgi bo‘lganimiz qoldi. Sizlarga shu kerakmidi?

@hujayrauz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан