Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropadagi ikkita mamlakat COVID-19 yuqtirish bo‘yicha millionlik ostonadan o‘tdi
23.10.2020 13:31,  
122

Fransiya va Ispaniya koronavirus yuqtirgan fuqarolari soni million kishiga yetgan Yevropa Ittifoqidagi birinchi mamlakatlar bo‘ldi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari bundan darak bermoqda.

22 oktyabr kechqurungi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada 1 041 991 kishi COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangani va 34 237 bemor vafot etgani qayd etilgan. Ispaniyada esa 1 005 295 kasallangan va 34 366 vafot etganlar bor.

Shu bilan birga oxorigi vaqtlarda ikkala mamlakatda ham sutkalik eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etilmoqda.

O‘tgan kun davomida Fransiyada (22 oktyabr holatiga ko‘ra) 41 mingdan ortiq COVID-19 kasalligi qayd etildi, bu rekord ko‘rsatkich. Kasallanganlar sonining ko‘payishi fonida Fransiya hukumati yangi cheklovlarni joriy qilmoqda. Ko‘pgina shaharlarda komendantlik soati mavjud.

Ispaniyada o‘tgan kun davomida (22 oktyabr holatiga ko‘ra) deyarli 21 ming yangi koronavirus holati aniqlandi. Mamlakatda bir qator munitsipalitetlar, jumladan Madrid, Saragoza, Leon, Salamanka, Burgos kabi yirik shaharlar karantin joriy qilingan. Navarra va Rioxa avtonom jamoalarining ma’murlari ikki hafta davomida mintaqalar chegaralarini yopdilar. Kataloniyada bar va restoranlar yopiq, maishiy xizmat do‘konlari taqiqlangan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda koronavirus infeksiyasining deyarli 41 million kasalligi qayd etilgan. Bir million bir yuz yigirma mingdan ortiq yuqtirganlar vafot etdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан