Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Favqulodda vaziyatlar vazirligi endi pullik xizmatlar ham ko‘rsatadi
26.09.2019 14:54,  
297

FVV Moliya vazirligi bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Unga quyidagi xizmatlar kiritilgan:

1) yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash, o‘zini tutish qoidalari va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish;

2) poligrafiya mahsulotlarini (o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, jurnallar va boshqa bosma mahsulotlar), favqulodda vaziyatlar va yong‘indan himoya qilish bo‘yicha materiallarni, o‘quv filmlarini sotish;

3) suv havzalarida, cho‘miluvchilarning ommaviy to‘planish joylarida (plyajlarda, hovuzlarda va boshqalarda) qutqaruvchi g‘avvoslarning navbatchilik o‘tashi - Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bilan ta’minlanadigan qo‘shimcha xodimlar (qutqaruvchilar) hisobiga yuritiladi;

4) suv ostida texnik, kema ko‘tarish ishlarini, cho‘kib ketgan predmetlarni qidirish bo‘yicha ishlarni, suv ob’yektlari quyi qismini tozalash va g‘avvoslik ishlarining boshqa turlarini bajarish;

5) xizmat itlarining kuchuklarini sotish;

6) itlarni vaqtincha parvarishlash (itlar uchun mehmonxona);

7) balandlikdagi ishlarni bajarish (panellararo choklarni germetizatsiyalash, turli xil inshootlarni montaj va demontaj qilish, balandlikda oynalarni yuvish, fasadlarni tozalash va ta’mirlash, daraxtlarni olib tashlash va kesish va boshqalar);

8) shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinovdan o‘tkazish, radiatsion razvedka o‘tkazishga mo‘ljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilish;

9) aholiga reklama va marketing axborotlarini uzatish uchun avtomatlashtirilgan ogohlantirish va axborot berish tizimidan foydalanish;

10) yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yong‘in xavfsizligi sohasida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash;

11) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va suv ob’yektlarida odamlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

12) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yong‘in xavfsizligi va suv ob’yektlarida odamlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy-texnik konsultatsiya va ekspertiza o‘tkazish;

13) moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va uskunalarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha sinovlarini o‘tkazish;

14) qurilish konstruksiyalarining katta o‘lchamli qismlarini va ularning elementlarini yong‘inga chidamliligi va yong‘in xavfsizligini sinovdan o‘tkazish;

15) yong‘inga qarshi himoya texnik vositalari, yong‘in avtomatikasi va favqulodda vaziyatlarni aniqlash va tugatishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish;

16) yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash;

17) yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarining ishchi holatini tekshirish;

18) yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash;

19) tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan himoya qilish - shartnoma asosida ta’minlanadigan yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

20) yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida evakuatsiya rejalarini, yo‘riqnomalarni, pasportlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish);

21) hisoblashni bajarish:

• xonalar va binolardan odamlarni evakuatsiya qilish vaqti, shuningdek yong‘inning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan darajaga yetish sharoitidagi davomiyligi;

• portlash-yong‘in va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalari;

• keltirilgan metallning qalinligi va metall konstruksiyalarning yong‘inga chidamliligi chegaralari;

• binolap orasidagi minimal yo‘l qo‘yiladigan masofa (issiqlik oqimining kritik zichligini aniqlash);

• turli maqsaddagi bino xonalarida yong‘in bo‘lishi ehtimolida harorat rejimi va issiqlik yuklamasi;

• yong‘inlarning oldini olish va o‘chirishni amalga oshiruvchi bo‘linmalarning ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kuchlar va vositalar miqdori;

22) sun’iy suv havzalari, yerto‘lalar va yoniga borib bo‘lmaydigan joylardan suvlarni chiqarib olish (to‘ldirish);

23) mo‘rilarni tozalash;

24) avto yo‘llarning qulashiga olib kelishi xavfi bor bo‘lgan yonbag‘irlaridagi tosh jinslarini tushirish;

25) 99951-harbiy qism tomonidan pudrat (muhandislik-qurilish) ishlarini bajarish;

26) avtonom dizel generatorlaridan foydalanish;

27) yo‘lovchilar va yuklarni tashish - qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi;

28) muhandislik va boshqa texnikalardan (avtokran, buldozer, ekskavator, evakuator va boshqalar) foydalangan holda ishlarni bajarish;

29) tomosha, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda kuchlar va vositalarning navbatchiligi;

30) FVV va uning tasarrufidagi tashkilotlarning muzeylarida ko‘rish va mavzuli ekskursiyalarni o‘tkazish;

31) yordamchi xo‘jalik mahsulotlarini sotish - yordamchi xo‘jalikda barcha turdagi go‘sht va sut, qoramol, ot, quyonlar, qushlar va asalarilar boqish, shuningdek issiqxonalar, mevali bog‘lar va baliq ko‘paytirish uchun hovuzlar yuritishga ruxsat etiladi. Ko‘kat, sabzavot, don, quruq hamda sarxil yem-xashak yetishtirish biriktirilgan yerlarda amalga oshiriladi;

32) kichik kemalar haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Ro‘yxatda ko‘rsatilgan pullik xizmatlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy murojaatlari (pullik xizmat ko‘rsatish haqida) asosida ko‘rsatiladi.

Hujjat 20.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан