Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fohisha qizni ko‘ngil ovlashga majburlagan IIB xodimi mahkamaga tortildi
3.07.2017 11:11,  
32

Toshkent shahar IIBB Aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi xodimi, serjant Shokir Berdiyev tamagirligi va lavozimini suiicte’mol qilgani bois jinoiy javobgarlikka tortildi.

“Postda” nashri bildirishicha, M.Y. ismli ayol aniq yashash joyi va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmaganlikda gumon qilinib, markazga olib kelingan. 

M.Y.ni markazdan olib chiqish uchun uning dugonasi hujjatlar bilan kelgan. Markaz xodimi Shokir Berdiyev suhbat asnosida M.Y.ning dugonasi tanasini sotish bilan shug‘ullanib kelganini bilib olgan. 

Shundan keyin har ikki qizni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, M.Y.ning dugonasidan pul undirgan hamda uni o‘z ko‘nglini ovlashga majburlagan. 

Keyin ham nafsini jilovlashni butunlay unutgan serjant Sh. Berdiyev yana bir necha marotaba qizni pinhoniy uchrashuvlarga majburlagan. 

Shu tariqa qiz huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.  IIB vakiliga sud tegishli jazo tayinlagani xabar qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан