Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiya Gretsiya va Turkiyaga zilzila tufayli yordam taklif qildi
31.10.2020 15:38,  
364

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian zilziladan keyin Gretsiya va Turkiya xalqlari bilan birdamligini bildirdi va yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Kuchli zilzila Turkiyada va Egey dengizidagi bir necha yunon orollarida kuzatildi. Gretsiya va Turkiya aholisi bilan to‘liq birdamlik. Biz ular tomonidamiz va ularga yordam berish uchun safarbar qilishga tayyormiz», - deb yozgan Le Drian o‘zining Twitter sahifasida.

Juma kuni tushdan keyin Turkiya g‘arbida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi, zilzila epitsentri Egey dengizda Izmir viloyatining Seferihisar shahri yaqinida bo‘lgan. Zilzila yon-atrofdagi Gretsiya orollarida ham sezildi; yunon seysmologlari uning kuchini 6.9 ga baholashdi.

Izmirda kamida 20 bino qulab tushgani xabar qilingan. Zilzila kichik tsunamini keltirib chiqardi, Seferihisarning qirg‘oq ko‘chalarini suv bosdi.

Gretsiyaning Samos orolida ham halokat qayd etildi, cherkovning bir qismi qulab tushdi, to‘rt kishi yengil jarohat oldi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Izmirdagi zilzilada jarohat olgan yoki halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot yo‘q, hech qanday shikoyat kelib tushmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан