Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






General Do‘stum Afg‘oniston tarixidagi birinchi o‘zbek marshaliga aylandi
18.05.2020 05:47,  
1187

Afg‘onistonda bir vaqtning o‘zida rasman qudratda bo‘lgan ikkita prezident yarashdi. BBC O‘zbek xizmatining ma’lum qilishicha, Muhammad Ashraf G‘ani va doktor Abdulla Abdulla o‘rtasidagi siyosiy kelishuv kecha, 17 may kuni imzolandi.

Yangi kelishuv Afg‘onistonda yana bir fuqarolar urushiga yetaklashi mumkinligi aytilgan bir necha oylik siyosiy inqirozga yakun yasashi kutilmoqda.

Bitimga muvofiq, faqat Muhammad Ashraf G‘anining yakka o‘zi prezidentlik maqomini saqlab qoldi. Doktor Abdulla Abdulla Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisligi bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Faqat sulh va murosa masalalarida Afg‘onistonda prezident G‘anidan keyin ikkinchi qudratli shaxsga aylandi.

Shuningdek, ikki siyosiy raqib Vazirlar mahkamasi tarkibini tanlashda ham teng huquqqa ega bo‘lishadi va barcha hokimlarni birgalikda tayinlashadi.

Ammo sobiq ijroiya rais va qo‘shaloq prezidentdan bittasi — doktor Abdullaning Afg‘oniston Oliy davlat va Milliy xavfsizlik kengashi tarkibiga kirish-kirmasligi hozircha ochiqlanmagan.

Bugun imzolangan yangi kelishuvga muvofiq esa, general Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston tarixidagi uchinchi marshalga aylangan. Bunga qo‘shimcha, Afg‘oniston Oliy davlat va Milliy Xavfsizlik kengashlari tarkibiga kirishi ham ma’lum bo‘lgan.

Marshallik Afg‘oniston Qurolli kuchlarida eng Oliy harbiy rutba sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан