Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘shni davlatlarga taklif bilan chiqdi
12.08.2019 18:22,  
52

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Kaspiy iqtisodiy forumida qo‘shni davlatlarga “Kaspiy” innovatsion shahrini barpo etishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Biz texnologik va innovatsion start uchun haqiqatan ham muhim platformani shakllantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shu maqsadda xalqaro innovatsion-texnologik markaz barpo etishni taklif qilamiz. Uni “Kaspiy” innovatsion shahri deb atash mumkin. Bu yerda, o‘ziga xos g‘oyalar laboratoriyasida, Kaspiybo‘yi hamda boshqa davlatlar olimlari, fundamental va amaliy fan mutaxassislari Kaspiy uchun yangi texnologik reja yaratish ustida birgalikda ish olib bormoqdalar”, - dedi Berdimuhamedov forumining ochilishida so‘zlagan nutqida.

Berdimuhamedov so‘zlariga ko‘ra, innovatsion shaharda raqamli klasterlar yaratiladi.

Turkmaniston yetakchisi bunday shaharni qayerda barpo etish mumkin ekanligiga aniqlik kiritmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан