Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta voqealari AP nigohida
8.10.2019 18:35,  
801

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan AP – Associated Press xalqaro agentligi o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Elektr quvvati taqchilligi tufayli zulmatga cho‘mgan Zimbabve poytaxti Harareda aholi o‘z uylariga qaytmoqda. Mamlakat parlamentidagi muxolifat vakillari o‘tgan seshanba kuni prezident Emmerson Mnangava millatga murojaat qilayotgan vaqtda binoni tark etdi. Bu Zimbabaveda hali ham davom etayotgan siyosiy tanglikning belgisidir. 2019 yil 30 sentyabr, dushanba.

Respublika gvardiyasi a’zolari nogironlar yodgorligi hovlisida saf tortdi. Fransiyaning oldingi va joriy prezidentlari 26 sentyabr kuni vafot etgan sobiq prezident Jak Shirakning motam marosimini o‘tkazish uchun Parijga yig‘ildi. U 86 yoshda edi. 2019 yil 30 sentyabr, dushanba.

Abako oroliga Dorian to‘foni yopirilishi tufayli o‘z boshpanalaridan ayrilgan haitilik muhojirlar Bagama orollari poytaxti Nassau shahrida xalqaro yordam tashkilotlari avtobuslariga chiqarilishlarini kutmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Dorian to‘foni 7 milliard AQSh dollaridan ortiq zarar keltirgan, ammo hukumat hali aniq raqamlarni taqdim etmadi. 2019 yil 29 sentyabr, yakshanba.

Indoneziyaning G‘arbiy Yava viloyati Bandung shahrida politsiya zobiti namoyishchi talabalarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda. Minglab indoneziyalik talabalar o‘tgan dushanba kuni qaytadan norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Ular "mamlakatning korrupsiyaga qarshi agentligi faoliyatiga to‘siq qo‘ydi" deb ta’riflanayotgan yangi qonunga e’tiroz bildiryapti. Orada politsiya bilan to‘qnashuvlar ham yuz bergan. 2019 yil 30 sentyabr, dushanba.

20 yashar Sahir Usmonning oila a’zolari uning kafanlangan jasadi oldida. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra Usmon G‘azo-Isroil chegarasidagi namoyishlar vaqtida isroillik askar tomonidan otib o‘ldirilgan. Rafah qochqinlar lageri. 2019 yil 28 sentyabr, shanba.

Iroq poytaxti Bag‘doddagi Tahrir maydonida namoyishga chiqqan yoshlar. O‘tgan seshanba kuni boshlangan namoyishlarda asosan yoshlar qatnashayotgan bo‘lib, ular ish, muntazam elektr va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek, neftga boy mamlakatda korrupsiyaga chek qo‘yilishini talab qilmoqda. Namoyishlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar sababli 100 dan ortiq kishi halok bo‘lishi ortidan hukumat ularning talablariga yon beradigan bo‘ldi. 2019 yil 1 oktyabr, seshanba.

To‘rt oydan buyon demokratiya talab qilib namoyishlarni davom ettirayotgan hongkongliklar hukumatning "niqob taqishni taqiqlash" qarori ortidan shahar markazida o‘z noroziliklarini shu tarzda bildirmoqda. 2019 yil 4 oktyabr, juma.

Rasman Xitoy tarkibiga kiruvchi Hongkongda demokratiya cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari davom etayotgan bir pallada Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Xitoy prezidenti Si Szinpin va boshqa rasmiylar Pekindagi Tyananmen maydonida. 2019 yil 30 sentyabr.

Germaniyadagi Augustusburg shahrida o‘tayotgan ko‘rgazmada namoyishga qo‘yilgan optik illyuziya (aldov) surati qarshisida. Bu surat meksikalik rassom Yunuen Esparza (Yunuen Esparza) tomonidan chizilgan. 2019 yil 1 oktyabr, seshanba.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан