Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki toshkentlik fuqaro uyini nashazorga aylantirdi
14.08.2019 17:35,  
10

Toshkentda uyida hind nashasini yetishtirayotgan ikki fuqaro aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB  matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shayxontoxur tumanida yashovchi 45 yoshli Baxrom S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotganima’lum bo‘lgan. Uning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha o‘simligini aniqlashdi.

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, 11 avgust kuni jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli Tohir A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlangan.  

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning  276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан