Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli Osiyo chempionati Nur-Sultondan Toshkentga ko‘chirildi
18.02.2020 19:12,  
402

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Osiyo chempionatini Nur-Sultondan Toshkentga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Turnirning O‘zbekistonga o‘tkazilishi Qozog‘iston COVID-19 koronavirusining tarqalishi xavfi va Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan yo’lovchilar tashishning barcha turlarning cheklaganligi bilan bog‘liq.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati 16 apreldan 25 aprelgacha bo‘lib o‘tadi.

Hozirga qadar koronavirus tufayli ko‘plab xalqaro musobaqalar bekor qilindi. Xususan, Xitoyda boks va basketbol bo‘yicha olimpiada o‘yinlari, shuningdek, tog‘ chang‘isi bo‘yicha Jahon kubogi va xokkey bo‘yicha xalqaro o‘yinlar shular jumlasidandir.

Virus tufayli Tokiodagi 2020 yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari va 2022 yilgi Pekin Olimpiada O‘yinlari qoldirilishi mumkin degan xavotirlar bildirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан