Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus yuqtirgan Armaniston rahbari Moskvadagi paradda qatnashadi
9.06.2020 16:44,  
144

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 24 iyun kuni Moskvada tashkil etilayotgan harbiy paradda ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Mane Gevorgyanga tayanib RIA Novosti xabar beradi.

Kotibning so‘zlariga ko‘ra, arman hukumati rahbarining Rossiya poytaxtiga tashrif buyurish sanasi hali aniq emas. "Ammo paradda ishtirok etishini tasdiqlayman", - deydi Gevorgyan.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning oilasi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik. U MDH davlatlari orasida SOVID-19 infeksiyasi yuqtirib olgani tasdiqlangan yagona yuqori darajali rahbar hisoblanadi.

May oyi oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan parad 24 iyun kuni o‘tkazilishini e’lon qildi. Hozirga qadar bir qancha davlat rahbarlari ushbu paradda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Ammo rad etganlar ham yo‘q emas. Masalan, Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe prezident Putinning bu taklifini rad etgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu paradda ishtirok etish-etmasligi yoki taklif etilgan-etilmagani hozircha ma’lum emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан