Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirussiz Turkmaniston: bozorlar, savdo markazlari va restoranlar yopilmoqda
21.07.2020 17:15,  
644

Turkmanistonda 21 iyuldan 1 avgustgacha yirik savdo markazlari va bozorlar faoliyati sanitariya va dezinfeksiya ishlari uchun to‘xtatiladi. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyojga ega mahsulotlar bo‘limlari o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, ushbu davrda xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalari: kinoteatrlar, teatrlar, istirohat bog‘lari, o‘yin attraksionlari, muzeylar, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, hammom, kimyoviy tozalash korxonalari vaqtincha yopiladi. Sport inshootlari (basseyn, fitness va aerobika to‘garaklari), qisqa muddatli pullik kurslar va o‘yin markazlari ham vaqtincha yopiladi.

21 iyuldan oyning oxiriga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari ishlamaydi - restoran, kafe, bar, oshxonalar va choyxonalar. Shu bilan birga, umumiy ovqatlanish korxonalari buyurtma qilingan taomlarni aholiga yetkazib berish xizmatini tashkil qilishi mumkin.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, vazirliklar, idoralar, shuningdek, muassasalar va korxonalarga ishchilarni asta-sekin mehnat ta’tillariga yuborish tavsiya etiladi.

Odamlar gavjum bo‘lgan joylarda 2 metrdan xavfsiz masofani saqlash kerak.

Rasmiy statistika bo‘yicha Turkmaniston Markaziy Osiyodagi koronavirusdan xoli yagona mamlakat. 

Avvalroq Turkmaniston temir yo‘lda yo‘lovchilar tashishni 23 iyulga qadar to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi. Masjidlar ham xuddi shu sanagacha yopilgan. Shuningdek, aholi "o‘pkasiga chang tushmasligi uchun" niqob kiyish tavsiya qilingan edi.

Ashxobodda koronavirus alomatlari bilan kasalxonalarga tobora ko‘proq qabul qilinmoqda. Ularning barchasiga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Ozodlik radiosining turkman xizmati xabariga ko‘ra, poytaxt kasalxonalarida har kuni o‘nlab odamlar halok bo‘lmoqda. 1-shahar kasalxonasida vaziyatning guvohi bo‘lgan ashxobodlik bir kishi, Koshi qishlog‘ida joylashgan ushbu muassasa bemorlar bilan to‘lib-toshganini va vaziyat juda og‘ir ekanligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан