Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Korrupsiyada ayblangan vazir qamoqqa hukm qilindi
18.09.2019 14:22,  
2608

Turkmaniston savdo va tashqi aloqalar vaziri Amandurdi Ishanov ishdan bo‘shatilganidan bir necha kun o‘tgach korrupsiyada ayblanib, sud tomonidan qamoq jazosiga hukm etildi.

Turkmaniston telekanallarida qo‘liga kishan solingan bir necha odam, jumladan, Ishanovning sud zalida o‘tirgani to‘g‘risida lavha ko‘rsatildi¸ ammo sobiq vazirning necha yilga qamalgani rasman aytilmadi.

Bosh prokuror Batir Atdayev, Ishanovning 13 sentyabr kuni korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganligini omma oldida tan olganini bildirgan. Bosh prokurorga ko‘ra, Ishanov bu jinoyatlarni taniqli tadbirkor Chorimuhammed Kulov va qator ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirgan.

Sudning qachon va qayerda o‘tkazilgani, hukm tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Turkmanistonlik kuzatuvchilar o‘z nomlarini aytmaslik sharti bilan OAVga «bu kabi ommaviy tan olishlar» hukumat korrupsiyaga qarshi kurashayotganini «namoyish etish uchun uyushtirilgan spektakllarga o‘xshaydi», deb fikr bildirdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан