Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda portlash, Uchta vazirlikda mehnatga haq to‘lashning yangi tizimi, Saylovda “o‘lgan” nomzod va boshqa muhim xabarlar
20.11.2019 22:24,  
563

20 noyabr kuni yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan Sof.uz dayjestida tanishtiramiz.

Avtomobillarni Davlat chegarasidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 18 noyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Uchta vazirlikda mehnatga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etiladi

Hujjatda 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati kiritilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining lavozimlari va tarkibiy bo‘linmalarining nomlanishiga oid yagona talablarni belgilash taklif qilinmoqda.

Samarqandda portlash: 7 ta transport vositasi yonib ketdi

Olov yukxonaga o‘tib avtomashinadagi suyultirilgan gaz portlashi oqibatida ushbu avtoturargohda turgan suyultirilgan gaz tashish uchun mo‘ljanlangan 2 ta “MAN” va 1 ta “ZIL” rusumli avtomashinalar hamda “DAF” va “ZIL” rusumli yuk avtomashinalari, shuningdek “HYUNDAI” rusumli ekskavator yonib ketgan.

2020 yildan boshlab O‘zbekiston inflyasiyani targetlash rejimiga o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Infyasion targetlash rejimiga bosqichma – boshqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimlari xizmat mashinalari bilan yo‘lni to‘sib, yuk mashinasini to‘xtatishga urinayotgani videosiga izoh berildi

Ellikqal’a tumani hokimligi joriy yilning 19 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda notug‘ri talqin qilinayotgan videoga oydinlik kiritdi.

O‘zbekistonlik donorlarning tana a’zolarini Isroilga sotgan qozoq vrachi qo‘lga olindi

Chimkent shahar bosh grachi Abilay Donbay noyabr kuni incon tana a’zolarini noqonuniy transplantatsiya qilganlikda ishtirok etgani uchun qo‘lga olindi.

O‘zbekistonlik «Zelenskiy» serialda suratga tushib, Ukraina prezidenti rolini o‘ynaydi

Vladimir Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Umidjon Rossiyada komediya janrida suratga olinadigan serialda Ukraina prezidentini o‘ynaydi.

Markaziy saylov komissiyasi “o‘lgan” nomzodni tekshirmoqda

Markaziy saylov komissiyasi bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi tahminiy xabarlarga munosabat sifatida bu ma’lumotning haqqoniyligini tekshirish yuzasidan ish boshlaganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga yana bir bor tashrif buyurdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан