Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Livandagi portlash qurbonlari 78 nafardan oshdi (video)
5.08.2020 09:10,  
1837

Kecha 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida dahshatli portlash yuz berdi. Portlash o‘chog‘i 6 yildan buyon portlovchi moddalar saqlanayotgan ombor deyilmoqda. Mamlakat ichki ishlar vazirligining aytishicha, ammiak selitra omborida portlash yuz bergan.

Livan Bosh vaziri Hassan Diyabning ma’lum qilishicha, 2750 tonna ammiak selitrasini saqlash xavfsizlik qoidalari buzilgani oqibatida yong‘in, so‘ng kuchli portlash yuzaga kelgan. 

Portlash oqibatida 78 kishi vafot etdi va 4000 kishi jarohatlangan. Livan 3 kunlik motam e’lon qildi.

Portlash oqibatlari butun shahar bo‘ylab sezilgan. Binolar oynalari sinib ketgan. Portlash hatto 240 chaqirim uzoqda Kiprda ham sezilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан