Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiya qo‘mondoni Qo‘l jangi federatsiyasiga rahbar etib saylandi
12.09.2020 18:44,  
353

Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

11 sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari hisobot-saylov videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Delegatlar Rustam Jo‘rayev nomzodini bir ovozdan tasdiqladi.

Yig‘ilish yakunida Rustam Jo‘rayev qo‘l jangi sport turini mamlakatda yangi bosqichga olib chiqish, bu sport turi bo‘yicha sportchi va trenerlarga shart-sharoitlar yaratish, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ushbu sport turi bo‘yicha tizimli musobaqalar tashkil etish, shuningdek, federatsiyaning hududlardagi moddiy-texnika bazasini takomillashtirish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan takliflarini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан