Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvadagi «Putin konstitutsiyasi»ga qarshi namoyishda yuzlab kishilar hibsga olindi
16.07.2020 17:24,  
416

15 iyul, chorshanba kuni Moskva shahrining Pushkin maydonida Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar va Putinning prezidentlik muddatini nollashtirishga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Mitingda taxminan 300 kishi qatnashdi. 

Aksiya mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00) da boshlandi. "Yo‘q!" kampaniyasi tashkilotchilariga ko‘ra, konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga qarshi 2 mingdan ortiq ovoz to‘plangan. 

Soat 21.00 atrofida (23:00 tshv) namoyishchilar Strastnoy xiyoboni bo‘ylab ularni hibsga olish boshlangan Petrovka tomon yurishdi.

Rossiyada «Putin konstitutsiyasi» va «nollashtirish»ga qarshi namoyishlar bo‘lyapti (fotojamlanma)

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 132 kishi hibsga olingan, "Avtozak-live" kanaliga ko‘ra - 147 kishi. Sankt-Peterburgda shunga o‘xshash, kamroq ommaviy harakatlar hibsga olishlarsiz davom etdi.

Bayonnomalar tuzilgandan keyin hibsga olinganlarning aksariyati qo‘yib yuborilgan.

2019 yil yozida Moskva shahar Dumasiga saylovlarda mustaqil nomzodlarni qo‘llab-quvvatlagan mitinglarda hibsga olinganlar soni 1000 kishidan oshdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан