Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda naqd valyuta sotish hali boshlanmadi
2.10.2017 16:24,  
7

O‘zbekiston banklari naqd valyuta sotishni hali boshlamadi. Bank sohasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, aholiga naqd valyuta sotish yo‘riqnomalarini belgilaydigan hujjat yaqin kunlarda paydo bo‘lishi kerak.

"10 oktyabrgacha kerakli yo‘riqnomalarni olamiz va ularni amalga oshirishga kirishamiz. Ayni damda ushbu hujjat tayyorlanib Adliya vazirligi, Senat va Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilmoqda", — dedi bank xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sotish miqdorida cheklovlar, va valyuta sotishga doir barcha tafsilotlar ushbu hujjat chiqqanidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun naqd valyuta sotib olish huquqi berilishi haqida e’lon qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан