Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘g‘irlagan pullari evaziga hashamatli hayot kechirayotgan rus xakerlari (foto+video)
11.12.2019 18:42,  
4947

Dunyodagi eng xavfli kiberjinoiy guruh, bu albatta, AQSh Moliya vazirligi va Britaniya jinoyatchilikka qarshi kurash agentligi tomonidan e’lon qilingan Evil Corp, deya ta’kidlaydi Der Standard nashri.

Evil Corp– PO Dridex banklar uchun virus tarqalishiga javobgar bo‘lgan, rossiyalik kiber jinoyatchilardan tashkil topgan xakerlik guruhi bo‘lib, ularga banklardan 100 million AQSh dollarini o‘marganlik aybi qo‘yilmoqda.

Mavzuga doir: AQSh rossiyalik xakerlar guruhi rahbari uchun 5 million dollar va’da qildi

Britaniya jinoyatchilikka qarshi kurash agentligining ta’kidlashicha, Evil Corp biznes kabi ishlaydi, u Moskvadan turib, bir-biriga yaxshi ishonadigan, ko‘p yillik tanish insonlar tomonidan boshqariladi.

justice.gov

So‘nggi yillar davomida uyushgan guruh, Britaniya banklarining o‘zidan bir necha yuz million funt sterlingni o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Ular bu pullarga o‘zlariga qanday qulay yashash sharoitlarini yaratib olganini tasavvur qilib olishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Tarmoqlarda tarqalgan rasmlarda xakerlarning shaxsiy Lamborghini avtomobillarini ko‘rishimiz mumkin. Ular nima ish qilayotganini yaxshi biladi, hattoki mashina raqamlarini ham yashirib o‘tirishmaydi.

Der Standard

Ba’zi avtomobil raqamlarida “Vor” (o‘g‘ri) so‘zi kod orqali yozilgan bo‘ladi. Xakerlar Lamborghiniʼdan tashqari, boshqa lyuks klassdagi sport avtomobillarini ham haydashadi.

Der Standard

Evil Corpʼning 32 yoshli yetakchisini hashamatli to‘y marosimi 300 ming yevrodan qimmatroqqa tushgani taxmin qilinadi.

Der Standard

Guruhning boshqa a’zolari esa, qo‘llarida bir necha pachka dollarlar bilan o‘zlarining video va rasmlarini tarqatishadi.

Der Standard

Der Standardʼning yozishicha, rossiyalik xakerlarga qarshi e’lon qilingan xalqaro qidiruv va ochilgan jinoyat ishlari samara bermasligiga sabab, ular rus hukumatiga qarshi ish qilishmaydi, balki Rossiya FSBsi uchun ham ba’zi hujumlarni amalga oshirib turishadi.

Shuning uchun ham, Rossiyada hech kim “ularning mushugini pisht“ demaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан