Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OIIB O‘zbekiston g‘arbidagi avtomagistrallar ta’mirlanishini moliyalashtiradi
16.05.2020 21:51,  
377

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzakov Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki Prezidenti S.Litsyun bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Vazir O‘zbekiston hukumati nomidan Bank rahbariyatiga OIIB investitsiya Komiteti tomonidan o‘tgan haftada qiymati 156 mln. AQSh dollarni (loyihaning umumiy summasi - 1,3 mlrd. AQSh dollari) tashkil etadigan Buxoro viloyati avtoyo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaning birinchi bosqichi doirasida maxsus kredit ma’qullangani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, Bank tomonidan umumiy summasi 500 mln. AQSh dollari atrofida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida avtomobil yo‘llari, aholi punktlari uchun suv va issiqlik ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ilgari kelishilgan loyihalar uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni ajratish bo‘yicha ma’qullash jarayoni qisqa muddatlarda yakunlanishi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан