Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OPEK fondi Namangan viloyati uchun 54 million dollar imtiyozli kredit ajratdi
24.03.2019 21:40,  
6

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID)  Namangan viloyati aholi punktlariga ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi uchun 54 mln $ imtiyozli kredit ajratishini xabar qildi.

Bu haqida OFID O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi xabardor qilgan, Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

“2019-yilning 22-mart kuni OPEK qoshidagi OFID fondi Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihaning tasdiqlangani to‘g‘risida O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi,”, - deyilgan xabarda.

Loyihani amalga oshirish 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan. Loyiha hayotga tadbiq etilganidan so‘ng, Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Ushbu imtiyozli kredit Namangan viloyatiga besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан