Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston elchisi Koreyadagi yurtimiz fuqarolariga murojaat qildi
5.03.2020 11:50,  
831

2020 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vitaliy Fen Koreya Respublikasida vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qilib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizga murojaat qildi.

“Hozirgi kunda Janubiy Koreyada muammo tug‘dirayotgan koronavirus tufayli fuqarolarimiz xavotirga tushganidan xabarim bor, – deyiladi Elchixonaning barcha internet-resurslarida joylashtirilgan murojaatda. – Koreya Respublikasi Hukumati koronavirus bilan kurashish uchun zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda virus bilan kasallangan bemorlarni qisqa muddat ichida aniqlash va ularni davolash bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Hozirda bemorlar soni ko‘payib borayotgan bo‘lsa ham, ammo yaqin kelajakda Koreya Respublikasi Hukumati va tibbiyot sohasi mutaxassislari virus tarqalishining kamayishiga va uning xavfini keskin susayishga ishonch bildirmoqdalar.

MAVZUGA DOIR: Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlari diqqatiga

Bunday vaziyatda O‘zbekiston fuqarolarini tashvishga tushmasdan xotirjamlikni saqlashga chaqiraman. Shu bilan birga, odamlar gavjum yig‘iladigan tadbir yoki joylarga bormaslikni, ushbu virusga qarshi kurashish uchun tavsiya etilgan ehtiyot choralarini qat’iyan bajarishingizni so‘rayman.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy va do‘stona hamkorlik har qachongidan ham jadal rivojlanmoqda. Yaqin hamkorligimiz natijasida fuqarolarimizning Janubiy Koreyada qulay shart-sharoitlarda ta’lim olishlari va ishlashlari ta’minlanmoqda.

MAVZUGA DOIR: Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vatanga qaytmay turish tavsiya etildi

Koreya Respublikasida inson hayotiga tahdid solayotgan koronavirusning xavfi saqlanib qolayotgan bir paytda, men, siz fuqarolarimizdan, sarosimaga tushmaslikka hamda yuqorida qayd etilgan barcha tavsiyalarga qat’iyan amal qilishlaringizni yana bir bor so‘rab qolaman.

Muhtaram yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi koronavirus sababli paydo bo‘layotgan muammolarni tezkorlikda bartaraf etish uchun 24 soatlik ish tartibiga o‘tkazilgan. Shu bois, istalgan vaqtda biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin bildiraman”, degan elchi janoblari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан