Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston elchisi onlayn tarzda Hindiston prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirdi
9.07.2020 13:03,  
89

2020 yil 8 iyul kuni Hindiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi elchisi Dilshod Axatovning Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan suhbat chog‘ida Hindiston Prezidenti ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, shuningdek, COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashdagi samarali hamkorlikni qayd etdi.

Shuningdek, Hindiston rahbari 2021-2022 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga Hindiston nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik izhor etdi va xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан