Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bir kunda 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda — Ishlab chiqarish 2 million donagacha yetkaziladi
16.03.2020 16:24,  
581

O‘zbekistonda to‘qimachilik va farmatsevtika sanoatida tibbiy niqoblar ishlab chiqarish hajmi ortmoqda, deya xabar beradi “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

2020 yilning yanvar – mart oylarida o‘nlab tadbirkorlar 3 asosiy turdagi tibbiyot niqoblari ishlab chiqarish hajmini oshirdilar:

  • "Bir martalik ishlatiladigan uch qavatli tibbiy niqoblar" maxsus dastgohlarda sintetik materiallardan (spunbond) tayyorlangan, filtr qatlami va ikkita tashqi qatlamdan iborat;
  • Tikuv dastgohlarida tikilgan “Bir martalik ishlatiladigan uch qavatli spandbonddan tayyorlangan tibbiy niqoblar”. Bugungi kunda ishlab chiqarish yangi mahsulot turi sifatida respublika mintaqalarida tikuvchilik korxonalari (ustaxonalar)da tayyorlanmoqda.
  • “3–4 qavatli dokadan tikilgan tibbiyot niqoblari”, to‘liq mahalliy xomashyolardan tayyorlangan (GOST 1207-70). Ishlab chiqarish deyarli barcha tikuv ustaxonalari (shu jumladan uyda) tashkil etilgan.

O‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, mart oyi boshida yalpi ishlab chiqarish quvvati kuniga 500 ming donani tashkil qilmoqda. Shu bilan birga ushbu quvvatni kuniga bir million va ikki milliongacha yetkazish mumkin.

Sanoat va mahalliy hokimiyatlar tibbiy niqoblarni uzluksiz ishlab chiqarishni (kuniga 3 navbatda, asosiy xomashyo sifatida - “spunbond”) ko‘paytirish, shuningdek tayyor niqoblarni olib kirish, yangi ishlab chiqaruvchilarni sanitariya bo‘limlari tomonidan sertifikatlash va hk .), shuningdek tegishli tuzilmalar tomonidan ularni dorixona tarmoqlari, tibbiyot muassasalari va boshqalar orqali tarqatish tizimi tashkil etilgan.

Mavzuga doir: Katta miqdorda tibbiy niqoblar yashiringan ombor aniqlandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан