Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda harbiylarga barmoq izlari asosida qurol olish uchun dastur yaratildi
18.01.2020 17:57,  
451

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, yurtimizda barmoq izlari skaneri asosida qurollarni olish uchun dasturiy ta’minot yaratildi.

Dastur belgilangan qurollarning avtomatlashtirilgan hisobi uchun olingan barmoq izlari skaneri hamda harbiy xizmatchilarning barmoq izlarini skanerlash asosida qurollarni saqlash uchun piramida elektromagnit qulfining ishlashi uchun mo‘ljallangan.

Xabarda aytilishicha, dasturning funksional imkoniyatlari o‘ziga xosligi harbiy xizmatchilar, shu jumladan qurol berish huquqiga ega bo‘lgan navbatchilarning barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazish; elektromagnit qulf asosida piramidaga kirishni nazorat qilish; barmoq izlari skaneri asosida harbiy xizmatchilar tomonidan qurollarni olishning belgilangan tartibdagi elektron hisobini avtomatlashtirishdan iborat.

Shuningdek, dastur uchun J.Tajiyev,​ U.Davlatov va I.Davletovlarga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 07009 raqamli patent berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан