Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik turistlar hisobiga Qozog‘iston sayyohlikdan oladigan foydasini 8 barobar oshirmoqchi
12.02.2020 16:54,  
371

Qozog‘istonning turizmdan oladigan daromadi $1,44 mlrdni tashkil qilgan holda mamlakat YaIMning bir foizdan kamroq qismini tashkil qiladi.

Hozirda mamlakatga eng ko‘p tashrif buyuradigan sayyohlar qo‘shni o‘zbekistonliklar sanaladi.

Hukumat kelgusi besh yilda turizmdan oladigan daromadni bir necha karra oshirib $12 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda deb xabar qiladi Caspian News.

Bu borada mamlakat hukumati viza tartibini yengillashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Bu yil Qozog‘iston eng tez rivojlanayotgan davlatlar 20 taligiga kiritildi.

Butunjahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston turizm sohasi yiliga 10 %ga rivojlanib bormoqda. 2018 yilda mamlakatga 9 million xorijlik tashrif buyurgan (qo‘shni mamlakatlardan tashrif buyurganlarni ham qo‘shib hisoblaganda). Shuningdek, mamlakat Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun Rossiyaga boradigan tranzit hudud sifatida ham ko‘riladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston dunyoning turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari orasida 4-o‘rin

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан