Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger choyxonasi: O‘zbeklar nima deydi?
19.09.2019 07:38,  
1927

Din haqida: - Odamning manetida bo‘lsin (ko‘kragiga urib), vey!

Boylar haqida: - Mard kishi. Ehsoni katta saxovatli odam. Hoji. Bir to‘y qildi o‘tgan yili, to‘kib tashladi, kelganam keldi, kelmaganam keldi.

Uchchiga chiqqan tanish-bilishchi va poraxo‘r haqida: - Hojatbaror odam. Hozirgi zamonda tanishsiz ish bitirolmaysan. Bir suhbatini ol, kerak bo‘lib qoladi.

Yog‘li ovqat haqida: - Do‘xtirlar vahimachi xalq bo‘ladi. Katta-katta olaver.

Ichkilik haqida: - O‘zimas, kayfi harom. Ikki aka-uka bo‘lgan ekan (davomini bilasiz).

SSSR haqida: - (orzumandlik bilan) Boshqacha davrlar edi. Gugurt ikki tiyin. Bir so‘mga, ehhe..

Mustaqillik haqida: - Hozir ham kam bo‘lganimiz yo‘q. Ishlagan qandini urib yashayapti.

Amerika haqida: - Iplos davlat. Hamma urush o‘shag‘dan chiqadi.

Toshkent haqida: - Svet o‘chmaydi, gaz bir metr.

To‘ylar haqida: - Yarashig‘i shunaqa. Mahalla-ko‘ydan kam yo ortiq joyimiz yo‘q.

Gazetalar haqida: - Afandisi, skanvordi boridan olib turaman.

Kitob haqida: - O‘qib shahar oberarmidi. Ko‘ryapmiz o‘qiganlarni.

Qiz farzand haqida: - O‘qib shahar oberarmidi. Ko‘ryapmiz o‘qiganlarni.

Internet haqida: - Hozirgi bolalarning hammasining internetda sayti bor.

Masjid haqida: - Pensiyaga chiqib olay, Xudo xohlasa, namozni kanda qilmayman.

Siyosat haqida: - Ketni qisgan boy bo‘ladi. Siyosatga aralashma. Undan ko‘ra uyat-uyat gaplardan gaplashaylik.

Prezident haqida: - O‘zi yaxshi odam, atrofidagilar yaramas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан